420 mlrd so‘m hajmdagi tamaki mahsulotlarining yashirin aylanmasi muammosi asosan uning O‘zbekiston hududi orqali Qirg‘iziston va Tojikistonga tranziti bilan bog‘liq, dedi Bojxona qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Otabek Ibragimov. U importni “oqartirish” uchun nimalar qilinganini aytdi.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tamaki mahsulotlarining O‘zbekiston orqali tranzitini amalga oshirish uchun yangi talablar joriy etildi.
O‘zbekistonda elektron sigaretalar va tamakini qizdirish tizimlarini olib kirish va sotishni taqiqlash, shuningdek, ushbu cheklovlarni buzganlik uchun javobgarlik joriy etish rejalashtirilmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi maktab o‘quvchilari orasida elektron sigaretlardan foydalanish ko‘payganini qayd etmoqda.
Yangihayot tumanidagi sanoat zonasida noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan 110 ming quti tamaki mahsuloti yoqib yuborish yo‘li bilan yo‘q qilindi. Ma’lum qilinishicha, 2023-yilda ushlab qolingan noqonuniy tamakilar miqdori 2022-yilga nisbatan 3,5 barobarga oshgan.
Samarqandda noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan 1 mlrd 668 mln so‘mlik 117 ming qutidan ziyod sigaret va chilim uchun tamaki mahsulotlari yo‘q qilindi. Ular maxsus texnikalarda yanchilib, suvga bo‘ktirildi va yaroqsiz holga kelgach, ko‘mib yuborildi.
Surxondaryodagi “Boldir” bojxona postida Turkmanistondan kelayotgan poyezd vagonlaridan birini ko‘zdan kechirish chog‘ida 12,7 mlrd so‘mlik 851 ming quti aksiz markasiz sigaretlar aniqlandi.
Yangihayot tumanidagi zavodda noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan 228 ming 144 quti tamaki mahsulotlari yoqib yuborildi. 3,3 mlrd so‘mga baholangan ushbu tamakilarning barchasi bitta xonadondan topilgan.
Prezident alkogol va tamaki mahsulotlari iste’molini cheklash to‘g‘risidagi qonunning yangi tahririni imzoladi. Qonun bilan ushbu mahsulotlarni 21 yoshgacha bo‘lganlarga sotish taqiqlandi. Maktablardan do‘konlargacha bo‘lgan masofa 100 metrgacha qisqartirildi. Elektron sigaretlarni tartibga solish boshlanadi.
Senat 21 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga tamaki mahsulotlari, elektron sigaretalar va spirtli ichimliklarni internet hamda savdo avtomatlar orqali sotishni taqiqlovchi qonun loyihasini ma’qulladi. Taqiqlar ro‘yxati sezilarli darajada kengaytirildi.
Yangihayot tumanidagi zavodlarning birida 297,4 mln so‘mlik 34,2 ming quti kontrabanda tamaki mahsulotlari yoqib yuborildi. Bojxona qo‘mitasi noqonuniy olib kirish holatlari ko‘proq vodiy viloyatlarida uchrashini ma’lum qildi. Yil boshidan beri 19,2 mlrd so‘mlik tamaki mahsulotlari olib qo‘yildi.
Sergelidagi zavodlarning birida noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan 25 ming quti tamaki mahsulotlari yoqib yuborildi. Ular 23 iyun kuni Ohangaron tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yuk avtomashinasidan topilgandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting